Bugun
80
O'zbek

Mareska: «Hayratdaman»

Futbol
6 sentabr, 03:44
    1
«Shaharliklar» ustozi Elliot Anderson o‘yini haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mareska: «Hayratdaman»
Foto: Gettyimages
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiy Enso Mareska jamoaning yangi futbolchisi Elliot Anderson haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Angliyalik yarimhimoyachi «shaharliklar»ning yangi mavsumdagi barcha 4 o‘yinida ham asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Shanba kuni 23 yoshli futbolchi jamoasiga «Koventri» ustidan g‘alaba qozonishda (1:0) yordam berdi.

«Men hayratdaman! Va gap faqatgina bugungi bellashuv haqida ketmayapti, u «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda ham, «Bornmut» bilan bahsda ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Biroq Elliotning eng yaxshi jihati – uning har kuni o‘z ustida ishlashi: u doimo nimada yaxshiroq bo‘lishi mumkinligini so‘raydi, biz individual video tahlillar o‘tkazamiz. U o‘sishni istaydi – bu istalgan futbolchi uchun eng muhim jihat», – deya Mareska so‘zlaridan iqtibos keltiradi City Report.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Elliot Andersonni iyul oyida «Nottinghem Forest»dan 135 mln yevro evaziga sotib oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar