Iliman Ndiaye «Manchester Siti» safidagi debyutidan oldin klubga o‘tish qarori haqida fikr bildirdi.
«Bu dunyodagi eng katta klublardan biri. Kim bu yerda bo‘lishni xohlamaydi? Biz sovrinlarni yutish uchun o‘ynaymiz. Aslida, har bir bahsdagi maqsad — g‘alaba qozonish», — dedi Ndiaye.
Eslatib o‘tamiz, Ndiaye «Manchester Siti» safidagi ilk bahsini «Koventri»ga qarshi o‘tkazdi. «Shaharliklar» ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.