Live
2
O'zbek

APL. Holandning goli «Manchester Siti»ga «Koventri» ustidan g‘alaba keltirdi

Futbol
5 sentabr, 12:07
«Shaharliklar» APLda ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo'lga kiritdi.
APL. Holandning goli «Manchester Siti»ga «Koventri» ustidan g‘alaba keltirdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

Angliya Premyer-ligasining 3-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri Siti»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Manchester Siti» 26-daqiqada hisobni ochdi. Antuan Semenyoning uzatmasidan so‘ng Erling Holand to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlarda hisobni yiriklashtirish uchun bir nechta imkoniyat bo‘ldi, biroq «Manchester Siti» futbolchilari ulardan foydalana olmadi. Yakunda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu natijadan so‘ng «Manchester Siti» 3 turda 9 ochko jamg‘arib, peshqadamligini saqlab qoldi. «Koventri Siti» esa hali ochko qo‘lga kiritmadi.

APL. 3-tur
Manchester Siti — Koventri Siti 1:0
Gol: Holand 26.

Manchester Siti: Donnarumma, Husanov, Dias, Gexi, Gvardiol, Fernandes (Buaddi, 76), Anderson, Semenio, Ndiaye (Makaydu, 87), Holand, Sherki (Foden, 66).

Koventri Siti: Rashvort, Tomas, Van Eveyk, Amenda, Dasilva (Xamer, 85), Pinnok, Greyms, Oneka (Yirenki, 63), Rudoni (Chauna, 63), Meyson-Klark (Tomas-Asante, 71), Avoniyi (Simms, 71).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar