Live
2
O'zbek

«Tottenhem» APLdagi dastlabki 3 turda g‘alaba qozona olmadi

Futbol
5 sentabr, 12:44
London klubi uch turdan so‘ng 1 ochko jamg‘argan va hali birorta gol ura olmagan.
«Tottenhem» APLdagi dastlabki 3 turda g‘alaba qozona olmadi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F 0 : 0 Tottenhem Tottenhem

«Tottenhem» Angliya Premyer ligasining dastlabki uchta turida g‘alaba qozona olmadi. Roberto De Zerbi jamoasi ushbu bahslarda 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Bugun «Tottenhem» 3-turda safarda «Nottingem Forest» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bungacha londonliklar «Brentford»ga 0:3 va «Nyukasl»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa uch turdan so‘ng raqiblar darvozasiga gol ura olmagan.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem» yozgi transfer oynasida yangi futbolchilar uchun 300 million funtdan ortiq mablag‘ sarfladi. Jumladan, Sandro Tonali 100 million, Mateush Fernandesh 85 million, Jan-Pol van Hekke 52 million, Savino 85 million va Tosin Adarabioyo 7 million funt evaziga jamoaga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» o‘tgan mavsum APL turnir jadvalida 41 ochko bilan 17-o‘rinni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar