Bugun
215
O'zbek

«Chelsi»ga «Tottenhem»ning sobiq yarimhimoyachisi taklif qilindi

Futbol
5 sentabr, 04:44
Iva Bissuma Enso Fernandesning o‘rnini to‘ldirish uchun nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
«Chelsi»ga «Tottenhem»ning sobiq yarimhimoyachisi taklif qilindi
Foto: Getty Images

«Tottenhem»ning sobiq yarimhimoyachisi Iva Bissuma «Chelsi»ga taklif qilindi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli maliyalik futbolchi «Chelsi» Enso Fernandes sotilganidan keyin uning o‘rniga boshqa futbolchini qo‘lga kirita olmagani sababli muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda. Angliyada transfer oynasi yopilgan, biroq Bissuma yozda «Tottenhem»ni tark etib, erkin agentga aylangan. Shu sababli «Chelsi» futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bissumaga «Ayaks» va «Monako» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchi.

Bissuma 2022 yildan buyon «Tottenhem» safida o‘ynagan. U jamoa tarkibida jami 111 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar