Argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo Ekvador milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning barcha tafsilotlari to‘liq kelishib olingan. 50 yoshli mutaxassis 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Galyardo avval «River Pleyt», «Al-Ittihod» va «Nasyonal» klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
Avvalroq ekvadorliklar sobiq bosh murabbiyi Sebastyan Bekkases 2026 yilgi mundialda Meksikaga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.