Bugun
215
O'zbek

Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o‘yinida maydonga tushishi mumkin

Futbol
5 sentabr, 04:30
Bahs 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o‘yinida maydonga tushishi mumkin
Foto: Getty Images

Argentinalik hujumchi Lionel Messi va portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu yana bir maydonda to‘qnash kelishi mumkin. Bu haqda ESPN Argentina xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves o‘z yurtida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bahs 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Teves faoliyati davomida birga o‘ynagan 60 ga yaqin futbolchini ushbu uchrashuvga taklif qilmoqchi. Mehmonlar orasida Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Andrea Pirlo va boshqa ko‘plab yulduzlar bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Teves hozir 42 yoshda. U professional faoliyatini 2022 yil iyun oyida rasman yakunlagan.

Avvalroq Ronaldu Messini to‘yiga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar