Portugalialik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges to‘yga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jurnalist Esegbona Luisning xabar berishicha, Ronalduning to‘yiga taklif etilganlar orasida Lionel Messi va Neymar ham bor.
Avvalroq Ronaldu to‘yiga Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor ham taklifnoma olgani ma’lum qilingan edi. Ularning ikkalasi ham Krishtianu bilan yaxshi munosabatda ekani ta'kidlangan.
Ma'lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges deyarli 10 yil oldin munosabatlarni boshlagan. Jorjina Krishtianuning ikki nafar farzandiga ona hisoblanadi. Umuman olganda, yulduzli juftlik besh nafar farzandni tarbiyalamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi