Bugun
14
O'zbek

Messi 2028 yildagi Amerika kubogidan so'ng Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi — manba

Futbol
3 avgust, 00:55
Leo hozircha xalqaro faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
Messi 2028 yildagi Amerika kubogidan so'ng Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi — manba
Foto: Getty Images

Argentinalik afsonaviy futbolchi Lionel Messi 2028 yildagi Amerika kubogidan so'ng Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda jurnalist Fran Kasaretto xabar berdi.

Messining yaqinlaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib, 39 yoshli futbolchi Argentina milliy jamoasi safidagi faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

«Lionelga yaqin manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, u hozircha xalqaro faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Messi 2028 yildagi Amerika kubogidan so'ng xalqaro faoliyatiga nuqta qo'ymoqchi», — deb yozdi Kasaretto X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 2026 yildagi jahon chempionatida Messi boshchiligidagi Argentina Ispaniyaga finalda mag'lub bo'lib, 2-o'rinni egallagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar