“Chelsi”ning ukrainalik vingeri Mixail Mudrik faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun olgan diskvalifikatsiyasi bekor qilingandan so'ng London klubi 25 yoshli ukrainalik futbolchiga yangi mavsumda ishonch bildirishni rejalashtirmayapti.
Shu sabab “Chelsi” rahbariyati futbolchini “Strasburg”ga ijaraga berishni maqsad qilgan. Qayd etilishicha, Fransiya klubi ham ukrainalik vingerni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
“Chelsi” va “Strasburg” BlueCo kompaniyasi tarkibiga kirishi va bitta tashkilotga tegishli ekani kelishuvni amalga oshirishni osonlashtirishi mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi