Superliga 15-turning markaziy bellashuvlaridan birida "Nasaf" Olmaliqda OKMKga qarshi o'ynadi. Unda "ajdarlar" 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Bobur Abduxoliqov va Sharof Muhitdinov "Nasaf" safida gollarga mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli esa Avazbek Ulmasaliev hisobiga yozildi.
Shu tariqa, Ro'ziqul Berdiev jamoasi ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 6-o'ringa ko'tarildi. Olmaliq klubi esa 25 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.
Superliga. 15-tur
OKMK – Nasaf 1:2
Gollar: Bobur Abduxoliqov, 8 (0:1), Sharof Muhitdinov, 61 (0:2), Avazbek Ulmasaliev, 70 (1:2)
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek Ulmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev (21.Xazrat Tursunqulov, 64), 9.Aziz Xolmurodov, 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Pesic, 71), 17.Nodir Abdurazzoqov (11.Ali Abdurahmonov, 64), 22.Saidafzalxon Axrorov, 44.Abror Karimov (3.Shahzod Toirov, 46), 88.Siyavash Haqnazariy (28.Arihiro Sentoku, 64).
Nasaf: 1.Abdavohid Ne'matov, 2.Albek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala (70.Abbos G'ulomov, 68), 8.Zafarmurod Abdirahmatov (22.Diyorbek Abdunazarov, 79), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov (4.Akrom Komilov, 87), 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 79), 32.Quvonchbek Xushvaqtov (18.Bekjon Rahmatov, 68).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi