Futzal bo‘yicha Oli liga o‘yinlari startiga oz fursat qoldi. Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan.
«Zarafshon» jamoasi ham yuqori maqsadlar bilan tayyorgarlikka kirishadi. Endilikda navoiyliklarni tajribali mutaxassis Abdulla Bo‘riyev boshqaradi.
Bo‘riyev bunga qadar «Bunyodkor» futzal klubini boshqarib kelayotgan edi. O‘tgan mavsum yakuniga yetganidan so‘ng «qaldirg‘ochlar» faoliyati to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Xorazm» klubi Aleksandr Petrov, Sirdaryoning «Sayxun» jamoasi esa Artur Yunusovni bosh murabbiy sifatida e'lon qilgandi.