Live
1
O'zbek

Mirjalol Qosimov: "Agar vaziyatlarimizni 10 foizidan foydalanganimizda yutqazmasdik"

Eksklyuziv
3 avgust, 15:50
OKMK ustozi "Nasaf"ga qarshi bahsdan so'ng fikrlarini bildirdi.
Mirjalol Qosimov: "Agar vaziyatlarimizni 10 foizidan foydalanganimizda yutqazmasdik"
Фото: ОКМК
03.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi ОКМК ОКМК 1 : 2 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi

Superliganing 15-turida OKMK klubi o'z maydonida "Nasaf" jamoasiga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mag'lubiyat sabablarini to'xtaldi.

- "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Qiynalib gol uramiz, ammo ikkita golni juda osonlik bilan o'tkazib yubordik. Ammo xursand qiladigan tomoni ham borki, mazmun ko'rinyapti, oxirigacha kurashish, muxlislar uchun o'ynash. Ishqibozlarni oxirigacha ushlab turishdi. O'yinni ko'rib chiqishimiz kerak. "Nasaf" bundan oldin to'rtta himoyachi bilan o'ynagandi. Biroq bizga qarshi 5 ta himoyachi bilan chiqishini kutgandik ham. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo juda oson ikkita golni o'tkazib yubordik. Har doim ham yaxshi o'ynab turib, g'alaba qozonilavermaydi. Buni ham tan olish kerak. Yigitlar qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Ulardan minnatdorman. Ishlashda davom etamiz.

- OKMKga aniqlik yetishmadimi yoki...

- Agar yaratgan vaziyatlarimizni 10 foizidan foydalanganimizda menimcha yutqazmasdik.

- Ikkinchi taymda umuman boshqacha OKMKni ko'rdik...

- Esdan chiqarmaslik kerakki, "Nasaf" ham yaxshi jamoa. Yaxshi futbolchilari bor. Bularga bunday vaziyat yaratib berilsa, yarimta imkoniyatni ham golga aylantira olishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar