"Nasaf" "Navbahor" yarimhimoyachisi Abbos Gʻulomovni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.
Namanganlik 28 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismini Qarshi klubida oʻtkazadi.
Yarimhimoyachi bu mavsumda Superligada 12 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi. Oʻtgan mavsumda esa 30 ta bahsda 10 ta gol urib, mavsum kashfiyoti deb topilgandi.
Gʻulomov faoliyati davomida "Navbahor"dan tashqari "Neftchi"da ham oʻynagan.
