15-turning yana bir o'yini Buxoroda "Buxoro" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Ushbu o'yin 2:1 hisobida maydon egalarining foydasiga hal bo'ldi.
Bahsdan keyin esa matbuot anjumani uyushtirildi. Unda mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichi qatnashib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugungi o'yiningiz haqida fikringiz qanday?
- Avvalo, raqibni qo'lga kiritilgan ochkolar bilan tabriklaymiz. Bugungi natija biz uchun muhim edi. Jamoa har bir ochkoni qo'lga kiritish uchun harakat qildi. Albatta, oson bo'lmadi. Raqib ham yaxshi o'ynadi, futbolchilarimiz ham ko'p holatlarda bir-birini qo'llab-quvvatlashdi. Ikkala jamoa faqat uch ochko uchun kurashishdi. Jamoaning harakati, futbolchilarning mehnati menga yoqdi.
- Hakamlik haqida fikringiz qanday?
- Bu haqda avval ham aytganman. Hozir hakamlar sun'iy intellekt yoki texnologiyalar ta'sirida har bir kichik vaziyatni qayta-qayta ko'rib chiqishyapti. Kun oxirida bu to'g'ri qaror bo'lishi mumkin, lekin ba'zan o'yinning tabiiy ruhini ham his qilish kerak.
Futbolda o'yinning sur'ati, ta'siri, hissiyoti bor. Har bir mayda holatga aralashaverish har doim ham yaxshi emas. Menimcha, eng yaxshi hakam - maydonda deyarli ko'rinmaydigan, o'yinni tabiiy boshqaradigan hakam.
Bugun esa e'tibor juda ko'p hakamga qaratildi. Menimcha, bu unga ham yordam bermaydi. Buni ko'rish mumkin. Chempionatda ham bu uslub tobora ko'proq qo'llanilyapti. Hakamlarning roli ancha oshgan. Shaxsan men bunga unchalik ijobiy qaramaiman», - deya Yelichichni so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.