Live
4
O'zbek

Suhrob Nurulloyev: «Lokomotiv» bundan-da ko'prog'iga loyiq»

Eksklyuziv
29 iyul, 10:52
Futbolchi Tribuna.uz uchun intervyu berdi.
Suhrob Nurulloyev: «Lokomotiv» bundan-da ko'prog'iga loyiq»
Фото: Локомотив ПФК
27.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent 3 : 1 So'g'diyona So'g'diyona

Superliganing 14-turida Toshkentning «Lokomotiv» klubi yana o'z maydonida o'ynadi. Bu safar Jizzaxning «So'g'diyona» jamoasini qabul qilgan «Temiryo'lchilar» 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'tgan turda esa o'z uyida «Andijon» bilan kuch sinashib, 3:3 natijasi kuzatilgandi.

«Loko» safiga mavsum boshida qo'shilgan iqtidorli yarim himoyachi Suhrob Nurulloyev qisqa fursat ichida asosiy tarkibdan joy egalladi va muxlislarning ishonchini oqlab kelyapti.

Kuni kecha jizzaxliklarga qarshi bahsda ham Nurulloyev faol o'yin namoyish qilib, jamoasining g'alabasiga munosib ulushini qo'shdi.

Futbolchi Tribuna.uz uchun ushbu bellashuv to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Suhrob, avvalo «Lokomotiv»ni «So'g'diyona» ustidan qozonilgan g'alabasi bilan tabriklayman. O'yin qanday o‘tdi?

- Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. O'yinning birinchi bo'limi og'ir o'tdi. Chunki bunga o'zimiz aybdormiz. Juda ko'p xato qildik va jamoaviy o'yinimiz o'xshamadi.

- «Lokomotiv» o'tgan turda ham, bu turda ham 3 ta gol urdi. Farqi shundaki, birida durang va birida g'alaba bo'ldi. Gol urish borasidagi sermahsullikni ijobiy baholasa bo'ladi, shunday emasmi?

- Ha, «Lokomotiv» bundan ham ko'prog'iga loyiq. Bizda jamoaviy o'yin asta-sekin ko'rinib boryapti. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz va natijalar bilan muxlislarimizni xursand qilamiz.

- «Lokomotiv»ni mavsum oxirida qaysi pog'onada ko'rishimiz mumkin?

- Biz har doim oldimizga yuqori o'rinlarni qo'yamiz.

- Jamoadagi ishtirokingizdan qanchalik ko'ngliz to'lyapti?

- Hozircha hammasi yaxshi. Yangi jamoamga ancha moslashib oldim. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada yanada ko'proq yordam berishga harakat qilaman.

- Birinchi davra ham deyarli yakuniga yetdi. Jamoa o'z imkoniyati darajasida qatnashdi, deb ayta olasizmi?

- Ha, bundan-da yuqoriro'g'iga loyiq edik. Ba'zi uchrashuvlarni o'zimiz qo'ldan chiqardik. Nasib bo'lsa, bu xatolarni kamaytirib, yaxshiroq natijalarga erishamiz.

- Aynan birinchi davrada davomida siz uchun eng yoqimli va yoqimsiz o'yinlar qaysilar bo'ldi?

- Hammasi yoqimli bo'ldi, deya olaman. Ba'zida uzoq tanaffusdan so'ng jamoaviy va individual o'yinni ko'rsatish uchun ozroq vaqt kerak bo'ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • So'g'diyona So'g'diyona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar