Bugun
25
O'zbek

“Braziliya uchun hayotimni baxshida etdim” — Neymar milliy jamoadagi faoliyatini tugatganini tasdiqladi

Futbol
29 iyul, 07:45
34 yoshli futbolchi ortiq “pentakampeonlar” safida o‘ynashni istamasligini aytdi.
“Braziliya uchun hayotimni baxshida etdim” — Neymar milliy jamoadagi faoliyatini tugatganini tasdiqladi
Foto: Getty Images

“Santos” hujumchisi Neymar Braziliya milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchi jamoasi bilan JCh-2026 musobaqasining 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etganidan so‘ng “pentakampeonlar” safidagi faoliyatini tugatishini e’lon qilgandi.

Braziliyalik yulduz bu qarorini Janubiy Amerika kubogi doirasida Venesuelaning USV (4:2) jamoasiga qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusida yana bir bor tasdiqladi.

“Milliy jamoadagi davrim nihoyasiga yetdi. Tarix yaratdim, juda xursand bo‘ldim. Qo‘limdan kelgan barcha narsani, hatto hayotimni ham shu jamoaga baxshida etdim.

Har doim sariq libos uchun oxirigacha kurashdim va bor kuchim bilan maydonga tushdim. Ammo endi buni davom ettirishni istamayman”
, — dedi Neymar.

Futbolchi Braziliya safida 130 ta o‘yin o‘tkazib (bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rin), 80 ta gol urg‘an (rekord) va 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Shuningdek, Neymar Braziliya bilan 2013 yilda Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritgan va 2016 yilda Olimpiya chempioni bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar