"Real" Rodri bo‘yicha "Manchester Siti" bilan aloqaga chiqdi.
Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, madridliklar prezidenti Florentino Peres transferni ma'qullaganidan so‘ng klublar ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralarni boshlagan.
Xabar qilinishicha, "Real" ispaniyalik 30 yoshli yarimhimoyachi uchun 50 million yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor.
Rodri o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2026 yildagi jahon chempionatida esa u Ispaniyaning barcha 8 ta o‘yinida qatnashdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Real" Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Futbol
29 iyul, 06:10
Peres transferni ma'qulladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi