Live
6
O'zbek

«Real» o‘rtoqlik o‘yinida «Leganes»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
28 iyul, 14:28
O‘yinda jami 5 ta gol urildi.
«Real» o‘rtoqlik o‘yinida «Leganes»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

«Real» klubi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. «Qirollik» klubi «Leganes»ga qarshi o‘ynab, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvda hisobni 22-daqiqada «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverde ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Gonsalo Garsiya mezbonlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. 39-daqiqada «Leganes» hujumchisi Naim Garsiya hisobdagi farqni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda madridliklar yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Avval Franko Mastantuono 58-daqiqada gol muallifi bo‘ldi, ikki daqiqadan keyin esa «Leganes» himoyachisi Ruben Pulido o‘z darvozasiga to‘p kiritib, bahsga nuqta qo‘ydi — 4:1.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Real — Leganes 4:1
Gollar: Valverde 22, Gonsalo Garsiya 25, Mastantuono 58, Pulido 60 avtogol – Naim Garsiya 39.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar