"Real" hujumchisi Vinisius Junior yozgi transfer oynasi yakunlangach ham klubni tark etmaydi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" braziliyalik 26 yoshli futbolchini sotish niyatida emas. Klub uning 2027 yil yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishga rozi bo'lishiga ishonmoqda.
Avvalroq "Arsenal" Vinisiusga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Shunga qaramay, jamoa u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.
Shu hafta madridliklar va futbolchi vakillari o'rtasida uning kelajagiga oid navbatdagi muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'tgan mavsumda "Real" Vinisius barcha turnirlar doirasida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.