«Manchester Siti» vingeri Savinyo yozgi transferlar oynasida klubni tark etish niyatida.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyoti olib, faoliyatida keyingi bosqichga chiqishni istayotganini klub rahbariyatiga ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, endi yakuniy qaror «Manchester Siti» rahbariyatiga bog‘liq.
Shuningdek, «Tottenhem» Savinyoni yozgi transferlar oynasi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tottenhem»ning Savinyoga qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabarlar tarqalgandi.