«Real» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferini yakunlagach, «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shish ustida ish boshlaydi.
Marca xabariga ko‘ra, Madrid klubi 30 yoshli ispaniyalik futbolchi bo‘yicha yaqin kunlarda «Manchester Siti»ga rasmiy taklif yuboradi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Joze Mourinyo yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb bilmoqda va Rodrini ushbu pozitsiya uchun eng munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq «Real» Entso Fernandes hamda Mateush Fernandes variantlarini ham o‘rgangan.
Qayd etilishicha, klub prezidenti Florentino Peres ushbu transferni ma’qullagan. «Manchester Siti» esa agar futbolchining o‘zi ketishni istasa, muzokaralarga tayyor. Transfer qiymati 50–60 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Rodri o‘tgan mavsum APLda 21 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U 2026 yilgi jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi safidagi barcha 8 ta o‘yinda ishtirok etib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.