Bugun
17
O'zbek

«Bavariya» Luis Diasning ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Futbol
28 iyul, 07:59
Klub rahbari kolumbiyalik vinger sotilmasligini ta’kidladi.
«Bavariya» Luis Diasning ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Dreesen Luis Diasning «Al Hilol»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, klub rahbari kolumbiyalik futbolchini sotish niyatida emasligini ochiq aytdi.

«Agar Diasni sotsak, ahmoqlik qilgan bo‘lamiz, shunday emasmi? Bizda ajoyib tarkib shakllangan. Endi mavsumni boshlab, gollar urishni boshlashimiz kerak», — dedi Dreesen Kicker nashriga.

Shu tariqa, «Bavariya» rahbariyati Luis Diasning jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Luis Diasning nomi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi bilan bog‘lanayotgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar