Bugun
4
O'zbek

Musiala "Bavariya"ni tark etmoqchi emas

Futbol
27 iyul, 00:30
Klub ham futbolchiga to'liq ishonadi.
Musiala "Bavariya"ni tark etmoqchi emas
Foto: Getty Images

"Bavariya" yarimhimoyachisi Jamol Musiala og'ir jarohat sabab murakkab o'tgan mavsumga qaramay, jamoada qolish va klub bilan katta yutuqlarga erishishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, na "Bavariya", na Jamolning atrofidagilar ushbu transfer oynasida tomonlarning xayrlashishi haqida o'ylamoqda. Klub Musialaga to'liq ishonadi va uni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi.

Avvalroq germaniyalik yarimhimoyachining Bundesligada tarixiy rekord o'rnatgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar