Live
5
O'zbek

«Bavariya» senegallik iqtidor egasi bilan kelishuvga erishdi

Futbol
26 iyul, 13:48
18 yoshli Bara Sapoko Ndiaye Myunxen klubi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolaydi.
«Bavariya» senegallik iqtidor egasi bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» senegallik iqtidorli futbolchi Bara Sapoko Ndiayeni o‘z safiga qo‘shish borasida kelishuvga erishdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi «Gambinos Stars» klubidan doimiy transfer asosida Myunxenga yo‘l oladi. Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Qayd etilishicha, transferning rasmiylashtirish ishlari yakunlanish arafasida va klub bu haqda kelasi hafta rasman e’lon qiladi.

Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Vensan Kompani futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va Ndiayega asosiy jamoada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini bermoqchi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar