Krishitanu Ronaldu o'ynayotgan «An Nasr» jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi.
Arriyadiyah nashrining ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni hisoblangan klubning qarzi 800 million rialdan oshgan (taxminan 187 million yevro).
Klub egasi hisoblangan Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi (PIF) moliyaviy inqirozdan chiqish uchun chora-tadbirlar ko'rmoqda.
Agar «An Nasr» rahbariyati transferlar uchun mablag'ni homiylik shartnomalari va klubning boshqa daromad manbalari hisobidan ta'minlay olmasa, ularga yangi futbolchilar va murabbiylar bilan shartnoma imzolash taqiqlanadi.
«Ha, agar rahbariyat klub daromadlari hisobidan moliyalashtirishni ta'minlay olmasa, transferlar bo'lmaydi», — degan PIF'ga yaqin manba.
Shuningdek, Davlat investitsiya jamg'armasi «An Nasr»ni sotib olish bo'yicha kelib tushgan ikki jiddiy taklifni ham ko'rib chiqmoqda. Bunda eng maqbul variant sifatida klubning ma'lum ulushini xususiy investorlarga sotish qaralmoqda.
«An Nasr»ning qarzi 200 million dollarga yaqinlashdi
Futbol
26 iyul, 11:30
Saudiya chempioniga transfer taqiqi qo'yilishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi