Bugun
48
O'zbek

Ronaldu «An Nasr»ga Fernandeshni olib kelmoqchi

Futbol
25 iyul, 02:15
Krishtianu Riyod klubi rahbariyati oldiga qatʼiy talablar qoʻydi.
Ronaldu «An Nasr»ga Fernandeshni olib kelmoqchi
Foto: Getty Images

Portugalialik futbolchi Krishtianu Ronaldu «An Nasr» rahbariyati oldiga qatʼiy talablar qoʻydi. Bu haqida 365 Scores xabar berdi.

41 yoshli futbolchi klubning tarkibni kuchaytirish ishlari maʼmuriy aralashuv boʻlmasligini talab qilmoqda. Uning fikricha, bu jarayon bilan shugʻullanayotgan direktorlar yangi futbolchilarni tanlashda toʻliq mustaqil boʻlishi kerak.

«Ronaldu futbolchilarni xarid qilish va jamoadan ketishiga oid qarorlar ichki toʻsiqlarsiz, faqat aniq sport mezonlari asosida qabul qilinishini istaydi. Bu klubning yuqori maqsadlarini saqlab qolish uchun muhim», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Ronaldu «An Nasr» uchun yangi futbolchi nomzodini ham belgilab boʻlgan. U «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshni Riyod klubiga oʻtishga koʻndirish uchun harakat qilmoqda.

Avvalroq Krishtianu ijtimoiy tarmoqdagi provokatsion postga «layk» bosgani maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar