Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) o'zbekistonlik referi Ilgiz Tantashevni jahon chempionatida faoliyat olib borgan eng yaxshi hakamlar ro'yxatiga kiritdi.
Mundialning guruh bosqichi va pley-off doirasidagi 3 ta bahsni boshqargan o'zbekistonlik hakam ushbu reytingning 10-pog'onasidan joy oldi.
1-o'rinni sloveniya Slayvko Vinchich egallagan bo'lsa, 2-pog'onani AQSh vakili Ismoil Elfatx band etdi. Kuchli uchlikka esa Salvadorlik referi Ivan Barton yakun yasadi.
Ma'lumot o'rnida, Tantashev o'zi boshqargan 3 ta o'yinda futbolchilarga 6 marta sariq kartochka ko'rsatdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi