O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov nega Magomed Ankalaevga qarshi jangni qisqa muddatda qabul qilganini tushuntirdi.
"Raqib almashtirilganidan keyin tayyorgarlik rejasini o'zgartirishning hech qanday ma'nosi yo'q edi. Bu ahmoqlik bo'lardi, chunki vaqt juda kam.
Yangi narsa ustida ishlashga ulgurmaysan. Ehtimol, Blaxovichga qarshi tayyorlangan rejalarimizni ko'rarsizlar.
Pereyra qilgan ishni takrorlashmi? U yerda takrorlaydigan hech narsa yo'q. U ko'r-ko'rona zarba berdi va nishonga tegdi. Men esa doim qayerga zarba berayotganimni ko'rib harakat qilaman.
Aleksning zarba berish mahoratiga hech qanday e'tirozim yo'q, ammo o'sha vaziyatda bu omadli zarba bo'lgan.
Masala Ankalaevni yutish yoki yuta olmaslikda emas. UFC menga sobiq chempionga qarshi jang qilish va keyingi bahsni chempionlik kamari uchun o'tkazish imkoniyatini bermoqda.
Magomed ham boshqalar kabi inson. Agar odamlarga kuchli zarba bersangiz, ular yiqiladi. Bu yerda asosiy jangda o'zimni ko'rsatish va yuqoriga ko'tarilish imkoniyati bor.
Hech kim u bilan jang qilishni istamayapti, men esa shu yerdaman", — dedi Guskov.
Ma'lumot o'rnida, Magomed Ankalaev va Bogdan Guskov o'rtasidagi jang bugun, 25 iyul kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirining asosiy bahsi bo'ladi.