UFCning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni rossiyalik Magomed Ankalayev UFC Fight Night turnirining asosiy jangida O'zbekiston vakili Bogdan Guskovga qarshi oktaonga chiqadi.
Amerikalik Xalil Rauntri Junior jarohati sabab jangni o'tkazib yuboradi. UFC unga tezkor ravishda o'rinbosar topdi va u yarim og'ir vazn toifasi reytingida 10-o'rinni egallab turgan Guskov bo'ldi.
«Jarohat tufayli Xalil Rauntri Junior UFC Abu-Dabi turnirining asosiy jangida ishtirok etmaydi. Uning o'rnini O'zbekistonning eng yaxshi jangchisi va reytingda 10-o'rinda turgan Bogdan Guskov egallaydi.
18 ta g'alaba, 18 tasi ham muddatidan avval yakunlangan. Shundan 13 tasi 1-raundda qayd etilgan. Guskov UFCdagi ilk asosiy jangida sobiq chempion Magomed Ankalayevga qarshi o'z imkoniyatini to'liq ishga solishga harakat qiladi. Yarim og'ir vazndagi bu to'qnashuvni o'tkazib yubormang», — deyiladi UFC bayonotida.
Qayd etish lozim, UFC Fight Night turniri 25 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. Ikkinchi asosiy jangda ham yana bir o'zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov avstraliyalik Stiv Ertseggga qarshi oktaonga ko'tariladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi