Live
1
O'zbek

Holand AQSHda jamoasi uchun 10 ming dollarlik sovg'alar xarid qildi

Futbol
14 iyul, 05:31
Norvegiyalik hujumchi Dallasdagi do'konda jamoadoshlari xarajatlarini ham o'z zimmasiga oldi.
Holand AQSHda jamoasi uchun 10 ming dollarlik sovg'alar xarid qildi
Foto: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand AQSHdagi xaridlari uchun qariyb 10 ming dollar sarfladi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Holand Dallasdagi Yovvoyi G'arb uslubidagi do'konda jamoadoshlarining xaridlarini ham o'zi to'lagan. Futbolchilar kovboy shlyapalari, rakun terisidan tikilgan bosh kiyimlar, etiklar, kamarlar, ko'ylaklar hamda narxi 450–750 dollar bo'lgan olmaxon tulumlarini xarid qilishgan.

Holandning o'zi esa rakun tulumini sotib olgan. U Oslo shahriga qaytgach, samolyotdan tushayotgan paytda ushbu xaridi bilan tushgan suratni ijtimoiy tarmoqlarda ham e'lon qilgan.

Do'kon egasining aytishicha, Holand va uning jamoadoshlari savdo do'konida qariyb bir yarim soat vaqt o'tkazishgan.

Eslatib o'tamiz, Norvegiya milliy jamoasi JCH-2026 chorakfinalida Angliyaga qo'shimcha bo'limlarda 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
Bugungi yangiliklar