«Aston Villa» sport direktori Damian Vidagani Emiliano Martinesning kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Martines biz bilan qoladi. Uni sotishni rejalashtirmayapmiz. Uning "Yuventus"ga o'tishi haqidagi xabarlar klubimiz pozitsiyasini aks ettirmaydi. U jamoamiz uchun juda muhim futbolchi», — dedi funksioner 365Scores nashriga.
33 yoshli Martines 2020 yildan buyon «Aston Villa» safida to'p tepib kelmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda argentinalik darvozabon barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuv o'tkazib, 49 ta gol o'tkazib yubordi va 14 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, Emiliano Martines nufuzli France Football talqini bo'yicha ikki bor yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.