«Manchester Yunayted» darvozaboni Karl Darlou bilan tuziladigan shartnoma tafsilotlari ma'lum bo'ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 35 yoshli darvozabon bilan tuziladigan bitim 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Shuningdek, klub shartnomani yana bir yilga — 2029 yil iyunigacha uzaytirish huquqiga ega bo'ladi.
Qayd etilishicha, Andre Onana ortidan turkiyalik darvozabon Altay Bayindir ham yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etishi kutilmoqda.