«Manchester Yunayted» «Aston Villa» yarimhimoyachisi Youri Tilemans transferini yakunladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, «qizil iblislar» bilan 2031 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan. Tez orada u klubning yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Qayd etilishicha, transfer «Manchester Yunayted»ga 41 million yevroga tushadi. Aynan shu summa Tilemansning «Aston Villa» bilan tuzgan shartnomasidagi tovon puli sifatida belgilangan edi.
Belgiyalik yarimhimoyachi «Aston Villa» safida barcha musobaqalarda 134 ta uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol va 25 ta assist muallifiga aylangan.