Bugun
3
O'zbek

Abdulla Abdullayev — "Navbahor" futbolchisi

Futbol
13 iyul, 07:05
Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi mavsumning ikkinchi qismini Kapadze qoʻl ostida oʻtkazadi.
Abdulla Abdullayev — "Navbahor" futbolchisi
Foto: UFA

Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev faoliyatini "Navbahor"da davom ettiradi.

28 yoshli futbolchi namanganliklar bilan mavsum soʻngigacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Abdullayevning soʻnggi jamoasi BAAning "Dibba" klubi boʻlgandi. U oʻtgan mavsumda ushbu jamoa safida 9 ta bahsda harakat qilgan.

Markaziy himoya va tayanch yarimhimoyasida oʻynay oladigan futbolchi faoliyati davomida "Bunyodkor", OKMK va "Paxtakor" jamoalarida ham toʻp tepgan.

Maʼlumot uchun, Abdullayev 2026 yildagi Jahon chempionatida Kolumbiya (1:3) va Portugaliyaga (0:5) qarshi bahslarda toʻliq oʻynadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar