Live
3
O'zbek

"Buxoro" futbol klubini qo‘llab-quvvatlash uchun viloyat byudjetidan 5 milliard so‘m ajratildi

Eksklyuziv
12 iyul, 07:48
Aleksandr Xomyakov shogirdlari turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi.
"Buxoro" futbol klubini qo‘llab-quvvatlash uchun viloyat byudjetidan 5 milliard so‘m ajratildi
Фото - Бухоро ФК
16.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 2 : 1 Buxoro Buxoro

Superligada mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Buxoro" futbol klubi Buxoro viloyati hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Tribuna.uz saytiga ma'lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Botir Zaripovning tashabbusi bilan "Buxoro" futbol klubidagi moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Xalq deputatlari viloyat kengashi mahalliy byudjet hisobidan klubni qo‘llab-quvvatlashini ma'qullagach, 5 mlrd so‘m mablag‘ jamoa hisob raqamiga o‘tkazilgan.

Avvalroq, "Buxoro" klubi bosh homiysi sanalgan "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" "O‘zbekneftgaz" qaroriga ko‘ra klubni moliyalashtirishni to‘xtatgani haqida xabar qilingan edi. Shundan buyon klub viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" Superliga 11-turidan keyin 20 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar