O‘zbekiston chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda peshqadam "Neftchi" o‘z maydonida 3-o‘rindagi "Buxoro"ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Penaltidan urilgan tezkor golga Stipe Peritsa va Jamshid Iskanderov javob berishdi.
Amaldagi chempion ochkolarini 31 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. "Buxoro" esa 20 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi.
Superliga. 12-tur
Neftchi — Buxoro 2:1
16 iyul, Farg‘ona, "Istiqlol" stadioni
Gollar: Stipe Peritsa (82), Jamshid Iskanderov (85) — Xurshid Muxtorov (8, penalti).
Neftchi — Botirali Ergashev, Izzatillo Po‘latov (Farrux Sayfiyev, 46), Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov, Vladimir Yovovich (Xurshid G‘iyosov, 67), Muhsin Ubaydullayev (Jamshid Iskanderov, 46), Alisher Odilov (Ratinio, 46), Yovan Jokich, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 74).
Buxoro — Umid Hamroyev, Ravshan Xayrullayev, Xurshid Muxtorov, Temur Mamasiddiqov (Sherzod Esanov, 78), Javohir Ro‘ziyev (Asilbek Qayumov, 90), Asad Jo‘raboyev (Shahzod Ubaydullayev, 66), Muhammad Yo‘ldoshev, Boyan Mladovich, Kirill Todorov, Vladimir Rodich (Islom Baratov, 66), Shahboz Jo‘rabekov (Nodir Ahmadjonov, 90).
Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullayev (6), Yovan Jokich (49), Farrux Sayfiyev (84), Xurshid Muxtorov (90+2), Jamshid Iskanderov (90+2).
Superliga. "Neftchi" "Buxoro"ga qarshi markaziy bahsda kambek amalga oshirib, 1-o‘rinni mustahkamladi
Futbol
16 iyul, 13:29
Jangovar ruhda kechgan o‘yinda amaldagi chempion g‘alabani olib ketdi.
Foto: Neftchi PFC
16.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Neftchi Fargona
2
:
1
Buxoro
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi