Bugun
3
O'zbek

Argentina — mundial yarimfinalchilari orasida autsayder (Polymarket)

Futbol
13 iyul, 02:20
Jahon chempionatining asosiy favoriti Fransiya milliy jamoasi hisoblanmoqda.
Argentina — mundial yarimfinalchilari orasida autsayder (Polymarket)
Foto: Getty Images

Polymarket portali 2026 yildagi jahon chempionatida qolgan barcha milliy jamoalarning musobaqada g'olib bo'lish ehtimolini foizlarda baholadi.

Turli voqealar ehtimolini baholashga ixtisoslashgan platforma hisob-kitoblariga ko'ra, 2026 yildagi jahon chempionatining asosiy favoriti Fransiya milliy jamoasi hisoblanadi.

Yarimfinal bosqichi oldidan Fransiyaning chempionlik ehtimoli 39 foiz deb baholanmoqda. 2-o'rinni 22 foiz bilan Angliya egallab turibdi. Ispaniyaning chempion bo'lish imkoniyati esa 21 foizga teng. Polymarket eng past ko'rsatkichni Argentina milliy jamoasiga bergan — 18 foiz.

Avvalroq Argentina Opta tomonidan jahon chempioni bo'lish uchun yarimfinalchilar ichida eng oxirgi da'vogar ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar