"Parma" yaponiyalik darvozabon Ziyon Suzukini 30 million yevroga sotishni istamoqda.
Hozirda posbonga "PSJ" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italliklar esa bundan maksimal darajada foyda ko'rishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Suzukining vakillari uni o'z safida ko'rishni istagan "Lids"ga rad javobini bergan. Biroq "Aston Villa" taklifi hali o'rganib chiqilmoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali Ziyonning transfer narxini 20 million yevro deb baholagan. Avvalroq "PSJ" Suzuki uchun muzokaralarni boshlagani ma'lum qilingandi.