Bugun
3
O'zbek

Vieyra Senegal milliy jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Futbol
12 iyul, 23:00
Fransiyalik sobiq futbolchi ushbu lavozimga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
Vieyra Senegal milliy jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiyalik sobiq futbolchi Patrik Vieyra Senegal milliy jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Bu haqida Daily Express xabar berdi.

Senegal futbol federatsiyasi yangi bosh murabbiy qidirish ishlarini boshladi. Qayd etilishicha, yangi bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzodlardan biri aynan Vieyra hisoblanadi.

Fransiyalik mutaxassis bungacha "Kristal Pelas", "Jenoa" va "Nyu-York Siti" klublarini boshqargan. Futbolchi sifatida esa u "Arsenal", "Inter", "Manchester Siti" va boshqa mashhur klublar safidagi o‘yinlari bilan tanilgan.

Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav iste'foga chiqarilgani ma'lum qilingandi. Tiav 2024 yildan buyon Senegal milliy jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
Bugungi yangiliklar