"Barselona" hujumchisi Ferran Torres 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin "PSJ"ga o'tishga rozilik berdi. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Ispaniya milliy jamoasi forvardi klubini almashtirishni istamoqda. Hozirda Torresning "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi juda qiyin bo'lib tuyulmoqda.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha kelishuvga erishgan. Bu esa futbolchining asosiy tarkib uchun imkoniyatlarini yanada pasaytirib yuborishi aytilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Ferran 2022 yil yanvar oyidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 gol urdi va 3 assist amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi