Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messi qachon futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchiligi haqida gapirdi.
«Agarda u o‘zi to‘xtamasa, eng yaxshisi bo‘lib qolaveradi. 50 yoshda — yo‘q, albatta, ammo o‘zi istar ekan u eng zo‘r futbolchi bo‘lib qolaveradi. U 23-24 yoshida «Barselona»da qanday holatda bo‘lganini tasavvur ham qila olmayman. Biz bu haqda ko‘p gapiramiz», — deya Skaloni so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi faoliyatidagi 6-jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Ushbu mundialda Leo 8 tadan gol urib, Mbappe bilan birinchi pog‘onani band etib turibdi. Bundan tashqari futbolchi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi (21 ta gol).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi