Live
4
O'zbek

Zouma "Palm City" klubi futbolchisiga aylanadi (Romano)

Futbol
11 iyul, 04:40
Fransiyalik himoyachi faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.
Zouma "Palm City" klubi futbolchisiga aylanadi (Romano)
Foto: Fabrizio Romano (X)

Fransiyalik himoyachi Kurt Zouma "Palm City" klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi kelishuv to'liq yakunlangan. Tajribali fransiyalik himoyachi faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.

31 yoshli Zouma faoliyati davomida "Sent-Etienne", "Chelsea", "Stoke City", "Everton", "West Ham" klublarida to'p tepgan. Shuningdek, u Fransiya milliy jamoasi sharafini ham himoya qilgan.

Hozirgi vaqtda Kurtning transfer narxi taxminan 3 million yevro deb baholanmoqda. Avvalroq Zouma "Al Wasl"ga ko'chib o'tgani ma'lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar