Live
4
O'zbek

Tuxel: "Diskvalifikatsiya qilingan futbolchidan tashqari barcha maydonga tushishga tayyor"

Futbol
11 iyul, 03:30
Angliya bosh murabbiyi Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan Rays, Jeyms va Gehining holati haqida gapirdi.
Tuxel: "Diskvalifikatsiya qilingan futbolchidan tashqari barcha maydonga tushishga tayyor"
Foto: Getty Images
11.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya - : - Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan Deklan Rays, Ris Jeyms va Mark Gehining holati haqida ma'lumot berdi.

«Uchchasi ham safga qaytdi va mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Bu juda yaxshi yangilik. Diskvalifikatsiya qilingan futbolchidan tashqari barcha maydonga tushishga tayyor», — dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Meksikaga qarshi bahs (3:2)da himoyachi Jarell Kuansa qizil kartochka olgandi. Shu bois u Norvegiyaga qarshi o‘yinda Angliya milliy jamoasiga yordam bera olmaydi.

Norvegiya va Angliya milliy jamoalari o‘rtasidagi chorakfinal bahsi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar