Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jude Bellingham Meksikaga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Bu bellashuvda u dublga erishdi.
«Jamoaga nima bera olishimni bilaman. Men amalga oshirgan ishlarni bizda bajara oladigan 26 nafar yigit bor. Umid qilamanki, bu g‘alaba barchaga biz eng yaxshi o‘yinchilar ekanligimizga va hech kimdan qo‘rqishimiz kerakmasligiga ishonch bag‘ishlaydi. Juda kuchli jamoa ekanligimizni tushunish uchun qirq, ellik yoki oltmish daqiqa kutishimiz shart emas.
Meksikaga qarshi bahsda aqlbovar qilmas ishni amalga oshirdik, bunga shubha yo‘q. Biz bundan zavqlanmoqchimiz: ovozimiz bo‘g‘ilib qolguncha samolyotda qo‘shiq aytamiz. Ammo keyin – tiklanish uchun bir necha kun vaqt olamiz va darhol Norvegiya haqida o‘ylagan holda ishga qaytamiz», – deya Bellinghamning so‘zlaridan keltiradi ESPN.