Angliya milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixida «Azteca» stadionida Meksikani mag'lub etgan birinchi jamoa bo'ldi.
Angliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida mezbonlarni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Bunga qadar Meksika milliy jamoasi ushbu stadionda jahon chempionatlari doirasida o'tkazilgan 10 ta uchrashuvda biror marta ham mag'lub bo'lmagandi.
Meksika milliy jamoasi «Azteca»dagi rasmiy uchrashuvlarda so'nggi marta 2013 yilda 2014 yilgi jahon chempionati saralashida Gondurasga yutqazgandi.
Shuningdek, Meksika ushbu arenada 1999 yil avgust oyidan beri ilk bor bitta o'yinda 3 ta gol o'tkazib yubordi. O'shanda jamoa Braziliyani 4:3 hisobida mag'lub etgan.
Qayd etish lozim, «Azteca» stadioni dengiz sathidan taxminan 2200 metr balandlikda joylashgan.