Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem 1986 yildagi jahon chempionatida Diego Maradona qayd etgan natijani takrorladi.
Angliyalik futbolchi 2026 yildagi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Meksikaga qarshi bahs (3:2)da ikki gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Jud 1986 yildagi mundialdan buyon mundial doirasida "Azteka" stadionida bir o‘yinda dubl qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Maradona bu natijani o‘sha yildagi jahon chempionati yarimfinal bosqichida Belgiyaga qarshi bahsda qayd etgandi. Shuningdek, Bellingemning ikki goli orasidagi tafovut atigi 98 soniyani tashkil etdi.