Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem Jahon chempionatining 1/8 finalidan oʻrin olgan Meksikaga (3:2) qarshi oʻyindan soʻng muxlislarga murojaat qildi.
23 yoshli futbolchi bellashuvda dubl qayd etib, o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
«Rahbarlaringizga yozing va ertaga ishga bormasligingizni ayting.
Hozir Angliyada g'alabamizni nishonlash orqali qanday xaos bo'layotganini tasavvur qila olaman. Qayerdan ekaningiz yoki nima ish qilishingizdan qat'i nazar, hozir barcha muxlislar birgalikda bayram qilayotganini tasavvur qilyapman.
Mening orzum ham shu edi — Angliya milliy jamoasining bir qismi bo'lish, mamlakatni birlashtirish va odamlarga uzoq yillar davomida eslab yuradigan shunday oqshomlarni taqdim etish. Jamoamiz bilan juda faxrlanaman. Biz amalga oshirgan ish chindan ham hayratlanarli», — deya Bellinghemning so'zlarini keltiradi BBC.
Bellinghem muxlislarga: «Rahbarlaringizga ertaga ishga bormasligingizni ayting»
Futbol
6 iyul, 07:50
Angliya yarimhimoyachisi JCH 1/8 finalidagi g'alabadan so'ng muxlislarga murojaat qildi.
Foto: Getty Images
05.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Meksika
2
:
3
Angliya