Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Meksikaga qarshi bahs (3:2)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men jamoamdan faxrlanaman. Bu g'alabaga har bir futbolchi o'z hissasini qo'shdi. O'yin nihoyatda og'ir kechdi.
Biz tashabbusni qo'lga kiritdik deb o'ylagan pallalarda ham kamchiliklar kuzatilib turdi. Lekin jamoamizning ruhiyati tushib ketgani yo'q.
Ishlar yaxshi ketmayotgan paytda ham futbolchilar taslim bo'lmadi, o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotmadi. Bu biz uchun yana bir oldinga tashlangan qadam bo'ldi.
Endi bu o'yinni tahlil qilishimiz kerak. Bu — "Azteka", bu — Meksika milliy jamoasi. Haqiqiy aqlbovar qilmas uchrashuv bo'ldi.
Har birimiz o'zimizning bor kuchimizni berdik. Endi buni anglab yetishimiz va keyingi bosqich haqida o'ylashimiz kerak", — dedi Tuhel.
Ma'lumot o'rnida, Angliya milliy jamoasi chorakfinalda Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi.