«Manchester Siti» klubi va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holandning kunlik ovqatlanish ratsioni haqida yangi ma'lumotlar ma'lum bo'ldi.
The Sun xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi Krishtianu Ronaldudan ilhomlanib, qat'iy parhezga amal qiladi. Holand kuniga taxminan 6000 kaloriya iste'mol qiladi va olti mahal ovqatlanadi.
Uning ratsionidan tovuq go'shti, makaron, bifshteks, baliq, tuxum, sabzavotlar, ichki a'zolar go'shti, xom sut va asal o'rin olgan. Futbolchi shirinliklardan butunlay voz kechgan, asosiy ichimligi esa suv hisoblanadi. Ayni paytda Holandning bo'yi 195 sm, vazni esa 94 kilogrammni tashkil etadi.
Norvegiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Joshua King jamoadoshining ovqatlanish odatlari haqida shunday dedi:
«Men hech qachon bunchalik ko'p ovqat yeydigan odamni ko'rmaganman. U ayiqdek ovqatlanadi», — dedi King.
Eslatib o'tamiz, Norvegiya milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Braziliyani mag'lub etib, chorakfinalga yo'l oldi. Endi norvegiyaliklar ushbu bosqichda Angliyaga qarshi bahs olib boradi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi